Isroilning Qatarga bergan zarbalari oqibatida HAMASning besh aʼzosi halok bo‘ldi. Bu haqda Al Jazeera telekanali xabar berdi.
Telekanal manbalariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida G‘azo rahbari va bosh muzokarachisi Xalil al-Hayyaning o‘g‘li ham bor.
"Isroil HAMASning sulh muzokara jamoasini yo‘q qilishga urinib muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Guruhning eng yuqori darajadagi rahbarlari zarbadan omon qoldi", — dedi HAMAS siyosiy byurosi aʼzosi Suhayl al-Hindiy Al Jazeera‘ga bergan intervyusida.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91103 | Инструменты