Istanbul shahrida norozilik namoyishlari kuzatilmoqda.
Turkiya hukumati tomonidan xavfsizlik chorasi sifatida:
- 11 sentyabrga qadar 6 tumanda, jumladan Beshiktosh tumani hududida (Bosh konsulxona joylashgan), ommaviy tadbirlarga vaqtincha taqiq joriy etildi;
- xorijiy messenjerlardan foydalanishda cheklovlar mavjud.
O‘zbekiston fuqarolariga:
- odam gavjum joylardan yiroqda bo‘lish;
- namoyish o‘tkazilayotgan hududlarga yaqinlashmaslik;
- mahalliy tartib-qoidalarni qatʼiy rioya etish tavsiya etiladi.
Favqulodda vaziyatlarda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonaning quyidagi telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish mumkin: +90 (212) 909 08 04.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91103 | Инструменты