Huawei 1
Isroil 369 nafar falastinliklarni ozod qildi

Bugun, 15 fevral kuni Isroil 369 falastinlik mahbusni ozod qilishni boshladi. Bu harakat G‘azo sektorida ushlab turilgan uch nafar isroillik asirning ozod qilinishiga javoban amalga oshirilmoqda.  Bu haqda “Al-Jazeera” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu mahbuslar Isroil tomonidan asossiz ayblovlar yoki sud hukmisiz qamoqda saqlangan. Ushbu almashinuv sulh tuzilgandan beri eng yirik ozodlik operatsiyasi hisoblanadi.

Mahbuslarning aksariyati G‘azoda hibsga olingan va yana o‘sha yerga qaytariladi. Mahbuslarning 10 nafarga yaqini bosib olingan G‘arbiy Sohilga, biri bosib olingan Sharqiy Quddusga, qolganlari esa Misr orqali boshqa qabul qiluvchi davlatlarga jo‘natiladi.

Ushbu jarayondan olingan kadrlarda G‘arbiy Sohilga yetib kelgan falastinlik mahbuslarni qarindoshlari va ularni quvonch bilan kutib olgani ko‘rinadi. Eng diqqatga sazovor ozod qilingan shaxslar orasida 48 yoshli Ahmad Barguti ham bor. U mashhur falastinlik siyosiy arbob Marvon Bargutining yaqin maslahatchilaridan biri sanaladi.

HAMAS harakati ozod qilgan 3 nafar asir – amerika-isroillik Sagui Dekel-Chen, rossiya-isroillik Aleksandr Sasha Trufanov va argentina-isroillik Yair Horn – Qizil Xoch xalqaro qo‘mitasi a’zolariga topshirilgan. Ushbu jarayon G‘azoning janubidagi Xon Yunus shahrida o‘tkazilgan.

Dekel-Chen, Trufanov va Horn qo‘yib yuborilish sertifikatlari va Falastin xaritasini ko‘tarib olishgan. Ular tibbiy ko‘rikdan o‘tish va oilalari bilan uchrashish uchun Isroilga qaytarilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31822 | Инструменты