2027-yilgacha kimyo va biologiya fanlaridan talabalar o‘rtasida xalqaro fan olimpiadalarini tashkil etish choralari ko‘riladi
Hukumatning 2026-yil 17-sentyabrdagi 499-son qarori bilan “Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida fan olimpiadalarini tashkil etish va iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, Olimpiada ishtirokchilarini ro‘yxatga olish, jarayonlarni monitoring qilish va natijalarni shaffof e’lon qilish uchun yagona elektron axborot tizimi yuritiladi. Respublika fan olimpiadalari 2 bosqichda o‘tkaziladi:
Olimpiadalar o‘tkaziladigan auditoriyalar videokuzatuv kameralari bilan jihozlanadi. Olimpiada jarayonida aloqa vositalari va qo‘shimcha manbalardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Natijalar musobaqa o‘tkazilgan kunning o‘zida e’lon qilinadi. Natijadan norozi ishtirokchilar olimpiada natijalari e’lon qilingan kunning o‘zida apellyatsiya komissiyasiga yozma murojaat qilishi mumkin.
O‘zbekiston talabalari ishtirok etishi lozim bo‘lgan nufuzli xalqaro olimpiadalar ro‘yxati vazirlik tomonidan tasdiqlanadi va har yili yangilanadi. Shuningdek, Xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish uchun terma jamoalarni saralash, maqsadli tayyorlash va ularning ishtirokini ta’minlash alohida reglament asosida amalga oshiriladi.
G‘oliblar qanday rag‘batlantiriladi?
Respublika fan olimpiadalari:
Xalqaro olimpiadalar:
Shuningdek, xalqaro olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan ustozlarga lavozim maoshining 100 foizi, respublika fan olimpiadasining II bosqichi g‘oliblarini tayyorlagan ustozlarga esa 50 foizi miqdorida har oylik ustama to‘lanadi.
Shuningdek, oliy ta’lim tashkilotlari, davlat organlari va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan holda qo‘shimcha fan olimpiadalarini tashkil etish imkoniyati ham belgilandi.
2027-yilgacha kimyo va biologiya fanlaridan talabalar o‘rtasida xalqaro fan olimpiadalarini tashkil etish choralari ko‘riladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91915 | Инструменты