Huawei 1
Iordaniyada Eron hujumi paytida urib tushirilgan raketalar internetda sotuvga qo‘yildi

Iordaniyada Eron havo hujumi paytida urib tushirilgan bir nechta raketalar internetda sotuvga qo‘yildi. Bu haqda The Times of Israel nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘rga, bir guruh iordaniyalik shaxslar urib tushirilgan, nisbatan yaxshi holatdagi raketalar tasvirlarini elektron savdo platformalariga joylashtirgan. Raketalarning turli qismlari va detallari sotuvga qo‘yilgan.

“Foydalanilgan Eron ballistik raketasi: yaxshi holatda” deya tavsif berilgan reklamalar “al-Sooq al-Maftouh” platformasida paydo bo‘lgan. Eʼlonlar ichida nafaqat Eron, balki havo hujumi paytida tutib olingan Iroq, Suriya va Yaman raketalari namunalari ham borligi aytilgan.

Ushbu eʼlonlarni jamoatchilikning ko‘pchilik qismi hazil sifatida jiddiy qabul qilmagan. Fuqarolarning bir qismi bu tadbir hujum haqida xavotirga tushayotgan aholini tinchlantirish uchun amalga oshirilganini taxmin qilgan.

Reklama eʼlonlaridagi narxlar ham unga qiziquvchilarni ko‘paytirgan. Iordaniya poytaxti atrofiga tushgan raketaning har bir bo‘lagi 50 Iordaniya dinori (70 dollar) narxida belgilangan. Butun boshli raketa narxi esa 120 000 dinor (170 000 dollar)gacha etib belgilangan.

Raketalar qoldiqlari, asosan, Iordan vodiysi yaqinidagi Al-Hasa va Kerak tumanlarida, shuningdek, poytaxt Ammonning Marj al-Hamam aholi punktida topilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga