Huawei 1
Ilhom Aliyev 9 may kuni Moskvadagi paradga borishdan bosh tortdi

Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev G‘alabaning 80 yilligini nishonlash uchun Moskvaga bormaydi. Bu haqda Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.

Avvalroq u Kreml 9 may kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan paradga 29 ta davlat rahbarlarini, jumladan, Ozarboyjon prezidentini taklif qilganini aytgan edi.

«Afsuski, Aliyev kelmasligi haqida xabar oldik. Ular uni Haydar Aliyevga bag‘ishlangan ichki tadbirlarda ishtirok etishi kerakligini tushuntirishdi», dedi Ushakov.

Rossiya va Ozarboyjon o‘rtasidagi munosabatlar 2024 yil dekabrida Azebaijan Airlines samolyoti Qozog‘istonda halokatga uchraganidan so‘ng sovuqlashdi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot halokatiga Rossiya havo mudofaa tizimi sabab bo‘lgan.

Ilhom Aliyev oxirgi marta 2015 yil 9 may kuni Moskvadagi paradda qatnashgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50821 | Инструменты