Huawei 1
Hindiston va Rossiya S-400 havo mudofaa tizimlari va boshqa qurollarni yetkazib berishni muhokama qildi

Hindiston va Rossiya Rossiyaning S-400 havo hujumidan mudofaa raketa tizimlarini yetkazib berish, Su-30 MKI qiruvchilarini modernizatsiya qilish va muhim harbiy texnika sotib olish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Hindiston hukumati 27-iyun, juma kuni Xitoyning Tsindao shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi fonida ikki davlat tashqi ishlar vazirlari Rajnat Singx va Andrey Belousov o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi. Hindiston Mudofaa vazirligining Instagram’dagi sahifasiga ko‘ra, Singx va Belousov “Hindiston va Rossiya o‘rtasida mudofaa sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha samarali muzokaralar olib borishgan”.

O‘z navbatida, TASS agentligi Nyu-Dehlining Rossiya qurollarini xarid qilishi “qisqa vaqt ichida” amalga oshirilishi kerakligini ta’kidlaydi. “Bu ikki davlat (mudofaa) vazirlari oʻrtasidagi “Sindoor” operatsiyasi va natijada mudofaa ishlab chiqarishni, ayniqsa, havo mudofaasi, havo raketalari, zamonaviy imkoniyatlar va aviatsiya platformalarini modernizatsiya qilish kabi muhim sohalarda ishlab chiqarishni koʻpaytirish zarurati fonida boʻlib oʻtgan eng muhim uchrashuvlardan biri boʻldi”, — deya Hindiston Mudofaa vazirligi bayonotidan iqtibos keltiradi TASS agentligi.

Hindiston-Pokiston mojarosi

Bu Hindistonning Pokiston hududida 7-may kuni boshlangan harbiy operatsiyasiga ishora qilmoqda.O‘shanda Hindiston Mudofaa vazirligi Pokistondagi, shuningdek, Kashmirning Pokiston qismidagi “terrorchi” infratuzilmaga hujum qilingani haqida xabar bergan edi.

Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi o‘nlab yillar davom etgan mojaro 22-aprel kuni Pahalgam shahrida jangari guruh 26 kishini o‘ldirganidan so‘ng avj oldi.O‘lganlarning aksariyati sayyohlar edi. Hindiston Islomobodni voqeaga aloqadorlikda aybladi, Pokiston buni rad etdi va mustaqil tergov o‘tkazishga chaqirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71314 | Инструменты