Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an juma kuni Istanbulda Iroq bosh vaziri Muhammad Shia al-Sudaniy bilan muzokaralar chog‘ida Isroilning harakatlari yuzasidan Yaqin Sharq davlatlarini birdamlikka chaqirdi.
Erdo‘g‘an shanba kuni Muhammad Shia al-Sudaniyni Istanbuldagi Vahdettin saroyida qabul qildi. Ziyofat chog’ida Turkiya va Iroq o’rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, mintaqaviy va global mavzular muhokama qilindi.
“Uchrashuv chog’ida Prezident Erdo'g’an Turkiya va Iroqning tarixiy va madaniy aloqalari bo’lgan ikki qo’shni davlat ekanini, munosabatlarni yaxshilash va hamkorlik imkoniyatlaridan foydalanish, ayniqsa “Taraqqiyot yo’li” loyihasi ikki davlatga ko’p foyda keltirishini ta’kidladi. Bunga erishish uchun zarur qadamlarni qat'iyat bilan ko'rishda davom etadilar", - deya ma'lum qildi Turkiya rahbari idorasi.
Erdo'g’an, terror tashkilotlarining ham Turkiya, ham Iroq uchun xavfsizlik tahdidi ekanligini, barcha terror tashkilotlariga qarshi beg’araz kurash olib borish har ikki davlat tinchligi va barqarorligiga xizmat qilishini, Turkiya Iroq hukumatining kurash borasidagi ijobiy qadamlaridan mamnun ekanligini bildirdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120301 | Инструменты