Farg‘onada o‘qituvchilarni navbatchilik qilishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Buvayda tumanidagi maktabda oʻqituvchilar tun-u kun navbatchilikda turishga majbur qilinmoqda...” mazmunidagi xabarlar tarqaldi.

Ushbu holat Fargʻona viloyati Maktabgacha va maktab taʻlimi boshqarmasi tomonidan oʻrganilganda, tuman hududidagi 37-umumtaʻlim maktabi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi boʻlib ishlab kelayotgan X.N.  tomonidan pedagogik jamoaga ularning lavozim majburiyatiga kirmaydigan  vazifa yuklangani – amaldagi tartiblarga zid ravishda navbatchilik qilishlari talab etilgani aniqlandi.

Viloyat Maktabgacha va maktab taʻlimi boshqarmasining 2026-yil 6-yanvardagi buyrugʻiga asosan 37-umumtaʻlim maktabi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi X.N. vazifasidan ozod etildi.

Tizim rahbarlari kelgusida bunday holatlarga yoʻl qoʻymasliklari yuzasidan ogohlantirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10809 | Инструменты