Dog‘istondagi teraktlar qurbonlari soni 20 kishiga yetdi

Dog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Tatyana Belyayevaning so‘zlariga ko‘ra, 46 kishi jabrlangan. Ularga barcha zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda – yetti nafar yaradorning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.

«Afsuski, 20 kishi, jumladan, huquq-tartibot idoralari xodimlari va tinch aholi vakillari halok bo‘ldi», — dedi Belyayeva.

Bemorlarni respublikadan tashqariga evakuatsiya qilish to‘g‘risidagi qaror bemorlarni belgilangan qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkazishdan so‘ng qabul qilinadi.

Ba’zi bemorlar davolanishni davom ettirish uchun idoraviy muassasalarga o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz,  23 iyun kuni noma’lum qurollangan shaxslar Mahachqal’a va Darbantdagi cherkov va sinagogaga hujum qildi. Jangarilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72404 | Инструменты