Huawei 1
Saida Mirziyoyeva Samarqandda BMT Davlat xizmati forumida ishtirok etdi

Saida Mirziyoyeva BMT Davlat xizmati forumida ishtirok etdi. Bu haqda u o'z Telegram sahifasida ma'lum qildi.

"Bugun Samarqandda xalqaro hamkorlikning yangi sahifasini ochdik — BMT Davlat xizmati forumi boshlandi.

Ishtirokchilarga O‘zbekiston Prezidenti nomidan samimiy qutlov so‘zlarini yetkazish men uchun katta sharafdir.

Dunyo shiddat bilan o‘zgarmoqda va biz O‘zbekistonda bu o‘zgarishlarga faol islohotlar bilan javob bermoqdamiz: raqamli davlat quryapmiz, iste’dodlarga sarmoya kirityapmiz, barcha uchun — ayniqsa, davlat boshqaruvi organlarining uchdan biridan ko‘prog‘ini tashkil etayotgan ayollar uchun imkoniyatlarni kengaytiryapmiz.

Global bilimlar markazi kabi tashabbuslarimizga ishonch bildirgan xalqaro hamkorlarimizga minnatdorlik izhor etmoqchiman.

Sa’y-harakatlarimizni birlashtirish va yosh yetakchilarni qo‘llab-quvvatlash orqaligina biz odamlarga, ularning kelajagiga chinakam xizmat qiladigan davlat xizmati tizimini yaratishimiz mumkin", deya yozgan Prezident yordamchisi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71318 | Инструменты