Huawei 1
Saida Mirziyoyeva BMT bosh kotibining iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha yordamchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Saida Mirziyoyeva Samarqandda BMT Bosh kotibining iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha yordamchisi Navid Hanif bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotning asosiy mavzusi — ilk bor O‘zbekistonda tashkil etilgan Davlat xizmati bo‘yicha global forum yakunlari va natijalariga bag‘ishlandi.

Suhbat davomida islohotlar samarasi, raqamlashtirish jarayoni va “O‘zbekiston–2030” strategiyasi doirasidagi rejalar haqida ma‘lumot berildi, shuningdek, hamkorlikning yangi yo‘nalishlari: yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish, ayollar uchun imkoniyatlarni kengaytirish va o‘zbekistonlik mutaxassislarning BMT loyihalarida ishtirok etishi muhokama qilindi.

Ekologiya masalalari ham e‘tibor markazida bo‘ldi — Xalqaro iqlim akademiyasini tuzish va Orol hududini tiklash bo‘yicha fikr almashildi.

“Bugungi beqaror dunyoda eng muhim jihat — bir-birimizni eshitishni o‘rganish. BMT — ana shunday ochiq muloqot va yechimlarni birgalikda izlash mumkin bo‘lgan maydondir. Oldinda hali ko‘plab yangi g‘oya va loyihalarimiz bor — ularni hamjihatlikda amalga oshirishga tayyormiz”, deb yozadi Saida Mirziyoyeva.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62402 | Инструменты