BBC muxbiri xabar berishicha, Kir Starmer, Mark Karni va Emmanuel Makron har doim Isroilning o‘zini himoya qilish huquqini qo‘llab-quvvatlaganliklarini, ammo endi uning G‘azo sektoriga yangi hujumini mutlaqo nomutanosib javob deb bilishlarini taʼkidladilar.
Britaniya, Fransiya va Kanada rahbarlari Isroil hukumatining sektorga zarur bo‘lgan minimal miqdordagi gumanitar yordamni olib kirishga ruxsat berish haqidagi qarorini vaziyatga mutlaqo noadekvat reaksiya deb baholamoqda.
Bayonotda bu davlatlar Isroilga qarshi qanday «aniq harakatlar» qilishi mumkinligi haqida aniq maʼlumot berilmagan.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Starmer, Makron va Karnining bayonotini «2023 yil 7 oktyabr genotsidni sodir etganlar uchun katta mukofot» deb atadi va Isroil HAMAS mag‘lub bo‘lguncha kurashadi, dedi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 62204 | Инструменты