Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqaro komissiyasi Isroil G‘azo sektorida “beshta genotsiddan to‘rttasini sodir etgan” deb topdi. Isroil komissiyani noxolislikda ayblaydi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining bosib olingan Falastin hududi, jumladan Sharqiy Quddus va Isroil bo‘yicha mustaqil xalqaro tergov komissiyasi Isroil hukumatini G‘azo sektoridagi “genotsidga chek qo‘yish”ga chaqirdi. Komissiya xulosalari haqida 16-sentabr, seshanba kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti matbuot xizmati xabar berdi.
"G'azodagi falastinliklarni Genotsid konventsiyasida belgilangan mezonlarga javob beradigan harakatlar orqali yo'q qilish niyati borligi aniq", dedi komissiya raisi Navi Pillay.
Jenevada boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida BMT xodimlari boʻlmagan, lekin Inson huquqlari boʻyicha kengashga aʼzo 47 davlat tomonidan tayinlangan komissiya aʼzolari Isroil hukumati va xavfsizlik kuchlari 1948 yilgi konventsiyada belgilangan “beshta genotsid aktidan toʻrttasini sodir etganini” aytdi.
Komissiyaga ko'ra, bunga "qotillik, jiddiy jismoniy yoki ruhiy zarar yetkazish, falastinliklarni vayron qilish uchun ataylab hisoblangan yashash sharoitlarini yaratish va tug'ilishning oldini olishga qaratilgan choralarni qo'llash" kiradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91616 | Инструменты