Ashraf G’ani: Afg’oniston jangga tayyor!
Afg'oniston Prezidenti Ashraf G'ani dushanba kuni o'z mamlakati AQSh qo'shinlarini olib chiqishi munosabati bilan Tolibon bilan urushga tayyor ekanini ma’lum qildi.
U "to'g'ridan-to'g'ri urushga biz albatta tayyormiz", deya qati’y ishonch bilan ta’kidladi.
Prezidentning so'zlariga ko'ra, Tolibon saylovga asoslangan siyosiy tizimni qabul qilishi, boshqa muammolar esa albatta muhokama qilinishi kerak.
Ashraf G’ani, shuningdek, Tolibon hokimiyatga ega bo'lsa va diktatorlik rejimini o'rnatsa, hokimiyat masalasi "jang maydonida xal qilinishi" kerakligini aytdi.
Afg'oniston rasmiylarining so’zlariga ko’ra, Tolibon Vashington o’z qo’shinlarini 11-sentyabrga olib chiqish rejalarini e'lon qilganidan beri hujumlarni yanada kuchaytirdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61906 | Инструменты