ABC News manbasiga ko‘ra, AQSH Dengiz kuchlari admirali Bred Kuper prezident Donald Trampni Eronga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan harbiy harakatlardan xabardor qilgan. Kuper Markaziy qo‘mondonlik (CENTCOM) rahbari sifatida Yaqin Sharqdagi AQSH kuchlarini nazorat qiladi.
Ushbu yig‘ilishda AQSH Qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi va Trampning bosh harbiy maslahatchisi Den Keyn ham ishtirok etgan.
Axios‘ning manbalarga tayanib yozishicha, Keyn Qo‘shma Shtatlarning Erondagi harbiy kampaniyasi natijasida yuzaga keladigan katta xavflar haqida gapirgan. Uning fikricha, Eronga hujum bo‘lgan taqdirda Vashington Yaqin Sharqda uzoq davom etadigan mojaroga aralashib qolishi mumkin.
26 fevral kuni Jenevada Tehronning yadroviy dasturiga bag‘ishlangan muzokaralarning uchinchi raundi yakunlandi. Manbalar ertalabki muzokaralardan so‘ng Uitkoff va Kushnerning muzokaralar jarayonidan hafsalasi pir bo‘lganini maʼlum qildi. Biroq, kechki yig‘ilish ijobiy ruhda o‘tgani aytilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22802 | Инструменты