Saida Mirziyoyeva: Transport tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha ishlar boshlandi

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bildirishicha, transport tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha qarorni hayotga tatbiq etish ishlari boshlangan. Bu maqsadda tashkil etilgan Yo‘l harakatini tashkil etish markazi Toshkent shahridagi tirbandliklar va ekologiya masalalarini hal qilish, shuningdek, jamoat transporti nazorati bo‘yicha taqdimot o‘tkazgan.

Taqdimotda berilgan hisobotlarga ko‘ra, yaqin kunlarda «aqlli» svetoforlarni o‘rnatish, yo‘llarga standartlarga mos chiziqlar tortish hamda avtoturargohlarni to‘g‘ri tashkil qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar boshlanishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, Saida Mirziyoyeva shahar hokimi boshchiligidagi jamoa qaror ijrosini to‘laqonli ta’minlashga bor kuch va imkoniyatini qaratishiga umid bildirgan. U mazkur ishlar bajarilishini shaxsan nazorat qilib borishini ham ta’kidlagan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, poytaxt uchun o‘ta muhim va zarur bo‘lgan loyihani amalga oshirishda jamoaga muvaffaqiyat tilagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22713 | Инструменты