Huawei 1
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi

AQSHda 18-apreldan beri Falastinni qo‘llab, namoyishlarda ishtirok etgani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi. Bu haqda Al Jazeera nashri G‘arb manbalariga tayanib, xabar berdi.

Talabalarga qarshi ilk harakat 18-aprel kuni Kolumbiya universitetida ro‘y bergan. Nyu-York politsiyasi Kolumbiya universitetidagi Falastin tarafdorlarining chodirlarini buzib tashlagan. 100 dan ortiq namoyishchi hibsga olingan.

Ayni paytda butun mamlakat bo‘ylab oliygohlar rahbariyatlari namoyishga chiqqan talabalardan universitetlar kampuslaridan ketishni so‘ramoqda. Chunki semestr tugab, kampuslarda bitiruv marosimlariga tayyorgarlik ko‘rilishi kerak.

Talabalar va ular bilan hamfikr bo‘lganlar Isroilning G‘azoga qarshi urushi, qurbonlar soni ortib borayotgani va insonparvarlik yordamlarining kamayishi borasida norozilik bildirishmoqda. Ko‘plab talabalar universitetlardan Isroil bilan moliyaviy aloqalarni uzishni talab qilmoqda. Shuningdek, namoyishchilar universitetlar va rasmiylarni ularning erkin namoyish o‘tkazish huquqini poymol qilishda ayblashgan. Shunga qaramay, politsiya hibsga olishlarni to‘xtatmagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga