Huawei 1
AQSh BMT Xavfsizlik Kengashida G'azoda o't ochishni to'xtatishni talab qiluvchi rezolyutsiyani blokladi

Amerika Qo'shma Shtatlari BMT Xavfsizlik Kengashidagi veto huquqidan foydalanib, G'azo sektorida zudlik bilan o't ochishni to'xtatishni talab qiluvchi gumanitar rezolyutsiya loyihasini blokladi.

Hujjatni yoqlab Xavfsizlik Kengashiga aʼzo 15 davlatdan 13 tasi, jumladan, Rossiya va Xitoy ovoz berdi. Buyuk Britaniya esa ovoz berishda betaraf qoldi.

Aytib o'tish lozimki, G'azoda o't ochishni to'xtatish bo'yicha rezolyutsiya loyihasi Birlashgan Arab Amirliklari tomonidan tayyorlangan. Xavfsizlik Kengashida veto huquqiga ega bo'lgan Qo'shma Shtatlar, yig'ilish boshlanishidan oldin ham hujjatni qo'llab-quvvatlamaslik niyatini e'lon qilgan edi, chunki zudlik bilan o't ochishni to'xtatish, ularning fikricha, faqat "yangi urush urug'ini sepadi.” 

Uchrashuv davomida AQShning BMTdagi doimiy vakili oʻrinbosari Robert Vud rezolyutsiyani blokirovka qilish qarorini Falastindagi HAMAS guruhi harakatlarini qoralamasligi va Isroilning oʻzini himoya qilish huquqini aks ettirmasligi bilan izohladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72716 | Инструменты