Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Rossiyaning Qozon shahrida BRICS yalpi majlisi chog‘ida, so‘ng esa chetda ikki tomonlama masalalarni muhokama qildi. Bu haqda Armaniston parlamenti spikeri Alen Simonyan ma’lum qildi.
“Nutqlar davom etar ekan, Armaniston Bosh vaziri va qo‘shni davlat Prezidenti bir soatcha suhbatlashdi. Ularga uchrashuv ishtirokchilarini bezovta qilishlari mumkindek tuyuldi va ular boshqa joyga ko‘chib o‘tishdi va u yerda yana bir yarim soat suhbatlashishdi. Suhbat sizga tanish bo‘lgan mavzular haqida bo‘ldi: tinchlik shartnomasi, aloqalarni ochish va harbiy asirlar muammolari”, dedi Simonyan.
Ma’lumot uchun, 24 oktyabr kuni Rossiyaning Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan “BRICS plyus” formatida sammit bo‘lib o‘tdi. Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin raisligida o‘tkazilgan tadbirda Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Janubiy Afrika Respublikasi Prezidenti Siril Ramafosa, Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan, Vetnam Sotsialistik Respublikasi Bosh vaziri Fam Min Tin, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, boshqa bir qator davlatlar, xalqaro tashkilotlar va moliyaviy tuzilmalarning rahbarlari hamda yuqori darajali vakillari ishtirok etdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120300 | Инструменты