Huawei 1
Afg‘onistonda suv toshqinlari oqibatida 30 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistonda mavsumiy yomg‘irlar sabab bo‘lgan suv toshqinlari kamida 33 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Bu haqda kecha, 14 aprel kuni mamlakatdagi muvaqqat hukumat – “Tolibon” vakili Abdulla Janan Sayek ma’lum qildi.

“Tolibon”ning Afg‘oniston tabiiy ofatlarni boshqarish vazirligidagi vakili Abdulla Janan Sayekning bildirishicha, 12 aprel kuni poytaxt Qobulda va mamlakatning bir qancha viloyatlarida suv toshqinlari sodir bo‘lgan. Oqibatda 33 kishi halok bo‘lgan, 27 nafar shaxs jarohatlangan. Bundan tashqari, 600 dan ortiq uy vayron bo‘lgan, 200 ga yaqin chorva mollari nobud bo‘lgan.

“Suv toshqini 800 gektarga yaqin qishloq xo‘jaligi ekinlari va 85 kilometrdan ortiq yo‘llarga zarar yetkazdi”, deydi Sayek.

O‘z navbatida, mahalliy meteorologiya departamenti yaqin kunlarda 34 viloyatning aksariyatida yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgani haqida ogohlantirdi.

Prognozga ko‘ra, eng ko‘p yog‘ingarchilik G‘azni, Qobul, Qandahor va Nangarhor viloyatlariga to‘g‘ri keladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga