2024 yilda tropik o‘rmonlar egallagan maydonlar 6,7 million gektarga kamaydi — bu 20 yillik kuzatuvlar davomida bu turdagi o‘rmonlarning qisqarishi bilan bog‘liq rekord ko‘rsatkich.
Dunyo resurslari instituti va Merilend universiteti tomonidan Global Forest Watch qo‘shma tadqiqoti natijalari e’lon qilindi. Tropik o‘rmonlarning bu darajada qisqarishi qo‘shimcha 3,1 gigatonna karbonat angidrid gazining havoga chiqarilishiga olib kelgan.
Tadqiqotchilarning baholashicha, tropik o‘rmonlar va umuman o‘rmonlarning qisqarishiga asosan yong‘inlar sabab bo‘lgan. Hisobot mualliflarining ta’kidlashicha, bu o‘z navbatida iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq: 2024 yil kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yil bo‘lgan.
O‘tgan bir yil ichida o‘rmonlarning yo‘qolishi bo‘yicha birinchi o‘rinni Braziliya egallagan (6,7 million gektar). Hisobotda asosiy e’tibor tropik o‘rmonlarga qaratilgan bo‘lsa-da, boshqa turdagi o‘rmonlar, xususan, Sibir va Kanadadagi tayga o‘rmonlari ham qisqargan. Hisobot mualliflarining hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiyada 2024 yilda o‘rmonlar maydoni 5,6 million gektarga, Kanadada esa qariyb 4 million gektarga qisqargan.
«2024 yil yong‘inlar tufayli o‘rmonlarning yo‘qolishi bo‘yicha eng yomon yil bo‘lib, bir yil avval o‘rnatilgan rekordni yangiladi. Agar tendensiya davom etsa, u muhim tabiiy hududlarni butunlay o‘zgartirishi va katta miqdordagi karbonat angidridni chiqarishi mumkin, bu esa o‘z navbatida iqlim o‘zgarishini kuchaytiradi va yanada jiddiy yong‘inlarga olib keladi», — deydi Merilend universiteti professori Petr Potapov.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52216 | Инструменты