10 dekabr – Xalqaro inson huquqlari kuni

1948 yil 10 dekabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 3-sessiyasidagi rezolyutsiyaga binoan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilingan.

1950 yili BMT tomonidan ushbu kunni Inson huquqlari kuni sifatida nishonlash belgilandi. Deklaratsiya insonlarning barchasiga birdek tegishli bo'lgan huquqlarini o'z ichiga olgan bo'lib, shu kungacha dunyoning 500 dan ortiq tiliga tarjima qilingan.

Mazkur xalqaro hujjat har bir insonning shaxsiy daxlsizligi, mulk, e'tiqod va so'z erkinligini, fuqarolik, davlat boshqaruvida qatnashish, saylash va saylanish, oila, mehnat va dam olish, ta'lim, tibbiy va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish, madaniyat va san'at asarlaridan bahra olish huquqlarini himoya qiladi.

BMT shafeligida ushbu kun har yili muayyan mavzu doirasida o'tadi. 2020 yilda bu kun "Inson huquqlari himoyasining ta'minotida yanada samarali tiklanish” shiori ostida o'tmoqda.

Izohlar: 2
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41700 | Инструменты