Yangilangan Malibu XL avtomobillarining narxlari e’lon qilindi

Yangilangan Chevrolet Malibu XL avtomobili namoyish etildi. Avtomobil haqida quyida batafsil tanishishingiz mumkin. 

Xavfsizlik

Malibu XL yo’llarda xavfsizlikni intelektual ta’minlash bo’yicha eng so'nggi xususiyatlarga ega.  

Avtomatik to'xtash tizimiga ega bo'lgan 10 yo'nalishdagi old va orqa to'xtash tizimi datchiklari oson va xavfsiz to'xtashga imkon beradi, ko’rinishi cheklangan joylar monitoringi tizimi yo'lingizdagi biror bir joyni nazoratsiz qoldirmaydi.

Oldidagi transport vositasiga moslashuvchan kruiz-kontrol FCA va CIB tizimi to’qnashuv haqida ogohlantiradi va uning oldini oladi  shuningdek, piyodalarni aniqlash tizimi PAEB boshqaruvda imkon qadar xavflikni ta’minlaydi.  

LKA avtomobilni harakatlanish qatorida ushlab turadi, LDW yo’l chizig’ini bosganlik yoki undan chiqib ketganlik to’g’risida ogohlantiruvchi tizimi yuzaga kelishi mumkin bo’lgan tasadofiy yo'l-transport hodisalari xavfini oldini oladi.

Dizayn

Avtomobilning yangi versiyasi dizayni barchaga tanish Malibu dinamik dizayni yon oynalarida qizil chiziq shaklida yorqin aksan bilan ajratilgan.  

Black Piano uslubidagi lakonik qora Chevrolet logotipi bilan bezatilgan radiator panjarasi avtomobilga o’zgacha dadil ko’rinish beradi.

Avtomobil interyeri Chevrolet Redline avtomobillarining taniqli uslubida bezatilgan. Sieko qizil chizig’i avtomobil saloni bo’ylab cho'zilgan bo’lib, sport uslubidagi charm rul qora rang bilan Chevrolet logotipi bilan bezatilganligi qizil rang bilan uyg’unlashib uni yanada zamonaviy va o’ziga xos qiladi.

Qulaylik

Malibu XL’dagi AQS havo sifatini tavsiflovchi datchik yaqin atrofdagi avtomobillardagi chiqindi gazlarni aniqlaydi va ularning salonga kirishiga yo‘l qo‘ymaydi, bu esa safar davomida havo sifati borasida tashvishlanmaslikka imkonini beradi.

Haydovchi uchun 10 va old yo’lovchi uchun 6 yo’nalish bo’yicha ventelyatsiya va elektr sozlamali zamonaviy, ergonomok o’rindiqlar hatto eng uzoq safarlarda ham maksimal qulaylik bilan ta’minlaydi.

Avtomatik sozlamali uzoqni yorituvchi IntelliBeam tizimi yorug'lik darajasiga qarab, u yetarlicha qorong’u va boshqa transport vositalari bo’lmaganda avtomobilning faralarini yoqadi va yorug'lik sharoitlari o'zgarganda ularni o'chiradi. Tizim old oynaning yuqori markazida joylashgan bo’lib,  tizimni avtomatik ravishda boshqaradigan datchik yordamida ishlaydi.

UzAuto Motors yangilangan Malibu XL avtomobillarining narxlarini e’lon qildi:

- Malibu XL 1LT – 334 822 000 so‘m;

- Malibu XL 2LT – 348 215 000 so‘m;

- Malibu XL LTZ – 374 108 000 so‘m.

Narxlar QQSsiz ko‘rsatilgan.

Qo‘shilgan qiymat solig‘ini bilan hisoblaganda, narxlar quyidagicha shakllanadi:

- Malibu XL 1LT – 375 000 640 so‘m;

- Malibu XL 2LT – 390 000 800 so‘m;

- Malibu XL LTZ – 419 000 960 so‘m. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72701 | Инструменты