Microsoft MS Office'ga sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy qiladi

Microsoft korporatsiyasi OpenAI texnologiyasidan foydalangan holda butun mahsulot qatorini modernizatsiya qilish, kompaniyaning eng qadimgi va eng mashhur mahsulotlaridan biri - Office ilovalari to'plamini kengaytiradi

Excel, PowerPoint, Outlook va Word dasturlari yangi OpenAI GPT-4 sun'iy intellekt platformasidan foydalanishni boshlaydi, dedi Microsoft kompaniyasi. Copilots deb nomlangan sun'iy intellekt yordamchilari korporativ fayllarni skanerlash va konferensiya qo'ng'iroqlarini tinglash orqali dasturiy ta'minot tomonidan olingan bilimlar asosida to'liq hujjatlar, elektron pochta xabarlari va slayd-shoularni yaratishi mumkin bo'ladi. 

Texnologiya yaqin oylarda namoyish etiladi va Microsoft allaqachon uni 20 ta kompaniyada, jumladan sakkizta Fortune 500 kompaniyasida sinovdan o‘tkazmoqda.

Yangi texnologiya odamlarga "ajoyib kontent, ajoyib hujjatlar, ajoyib PowerPoint taqdimotlari, sanʼat asarlari” yaratish hamda matn soʻrovlari yordamida kompleks tahlil qilishda yordam beradi.

Dastur shuningdek dizayn xususiyatlariga ega, shuning uchun siz botdan slaydlaringizni yengilroq yoki qiziqarliroq qilishni so'rashingiz mumkin va u o'zgarishlarni amalga oshiradi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Microsoft qidiruv tizimining sun'iy intellektga asoslangan versiyasini taqdim etgani haqida xabar bergan edik. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11122 | Инструменты