Turkiyaga borgan o‘zbekistonliklarning 82 foizdan ortig‘i sayohat maqsadini ko‘zlagan
Joriy yilning yanvar–oktabr oylarida jami 257 904 nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda Turkiyaga borgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 3,6 ming nafarga yoki 1,4 foizga oshgan. Fuqarolarning Turkiyaga safar qilishdan ko‘zlagan asosiy maqsadlari quyidagicha taqsimlangan:

- Sayohat — 212 774 nafar;

- Qarindoshlarni yo‘qlash — 38 293 nafar;
- Davolanish — 3 162 nafar;
- O‘qish — 1 966 nafar;
- Xizmat yuzasidan — 1 709 nafar.

Raqamlardan ko‘rinib turibdiki, Turkiyaga yo‘l olgan o‘zbekistonliklarning 82 foizdan ortig‘i ushbu mamlakatga aynan dam olish va sayohat maqsadida borgan.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112120 | Инструменты