Huawei 2
Meizu kompaniyasi smartfonlar ishlab chiqarishni to‘xtatadi

“Meizu” kompaniyasi mobil uskunalarni ishlab chiqish va chiqarishni to‘xtatishini e’lon qildi. Bu haqda “GizmoChina” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, yaratilayotgan “Meizu 21 Pro”, “Meizu 22” va “Meizu 23” smartfonlari chiqarilmaydi, ular ustida ishlash esa to‘xtatildi.

“Xingji Meizu Group” rahbari Shen Ziyu brendni o‘zgartirish to‘g‘risidagi qarorni smartfonlar bozoridagi o‘zgarishlar bilan izohladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, iste’molchilar qurilmalarni o‘rtacha 51 oyda bir martadan kamroq almashtirishgan.

Shuningdek, smartfon innovatsiyalari ko‘plab parametrlar bo‘yicha qurollanish poygasiga aylandi.

Shu bilan birga, mijoz uchun kurash, trolling, raqobatdosh mahsulotlarning kamchiliklarini aniqlash avj oldi.

Kelajakda “Meizu” asosiy e’tiborini sun’iy intellekt (AI) asosidagi mahsulotlarni ishlab chiqishga qaratadi.

2024-yilda sun’iy intellekt texnologiyalariga ega xususiy mobil operatsion tizimning premyerasi, shuningdek, sun’iy intellektga asoslangan birinchi apparat mahsulotining taqdimoti rejalashtirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga