Yunon-rum kurashi bo'yicha Osiyo chempionatiga qur'a tashlandi
Bugun Hindistonning Nyu-Dehli shahrida sport kurashlari bo'yicha Osiyo chempionati start oladi. Kecha mazkur nufuzli turnir oldidan musobaqaning rasmiy tadbirlari, shu jumladan, chempionatni ochib beruvchi yunon-rum kurashi bahslariga qur'a tashlash marosimi o'tkazildi.
Qur'a natijalariga ko'ra, kurashchilarimizning musobaqadagi dastlabki raqiblari bilan tanishing:
-55 kg: Jasurbek Ortiqov – Saxatsavat (Tailand)
-60 kg: Islomjon Bahromov – Firuz Mirzorajabov (Tojikiston)
-63 kg: Yelmurat Tasmuradov – Yernur Fidaxmetov (Qozog'iston)
-67 kg: Mahmud Baxshilloyev – Abdulkarim al Hasan (Suriya)
-72 kg: Alijon Huseynov – Aditya Kundu (Hindiston)
-77 kg: Behzod Umarov – Pejman Poshtam (Eron)
-82 kg: Jalgasbay Berdimuratov – Samatbek Chonoraliyev (Qirg'iziston)
-87 kg: Rustam Assakalov – Behruz Hidoyat (Eron)
-97 kg: Muhammadali Shamsiddinov – Ali al Kabi (Iroq)
-130 kg: Daler Rahmatov – Singx Mexar (Hindiston)
Alpha version: 0.9.1.19 build 10107 | Инструменты