Singapur mezbonligidagi para suzish bo‘yicha Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Yegor Bolotov oltin medalga ega chiqdi.
S13 toifasidagi bahslarda ishtirok etayotgan hamyurtimiz 100 m masofaga chalqancha suzish dasturida 58.97 soniyada marra chizig‘iga yetib borib, barcha raqiblaridan ustun keldi va termamiz hisobiga ikkinchi medalni taqdim etdi.
Jahon chempionati
Erkaklar o‘rtasida 100 m masofaga chalqancha suzish (S13 klassi)
1-o'rin. Yegor Bolotov (O‘zbekiston) - 58.97
2-o'rin. Tomas van Vaanroy (Niderlandiya) - 59.35
3-o'rin. Oleksey Virchenko (Ukraina) - 59.45.
Yegor kecha 100 m masofaga erkin usulda suzish bahslarida bronza medaliga ega chiqqandi. Biroz oldin yakunlangan ayollar o‘rtasida 100 m masofaga chalqancha suzish finalida vakilamiz Mubinabonu Xalilova (S13) yettinchi bo‘ldi. Oldinda Sardor Baxtiyorov (S7) ishtirokidagi hal qiluvchi bahs kutib turibdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 92514 | Инструменты