Huawei 2
Velosport: Osiyo chempionatini 6 ta medal bilan yakunladik va Olimpiya litsenziyasi uchun yana bir qadam tashladik

Hindiston poytaxti Nyu-Delida olti kun davom etgan velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha kattalar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakunlandi.

Musobaqada O‘zbekiston kattalar va yoshlar terma jamoalari jami 17 nafar sportchi bilan ishtirok etdi.

Ahamiyatlisi, sportchilarimiz Osiyo birinchiligini umumiy 6 ta medal qo‘lga kiritgan holda yuqori kayfiyatda yakunladi.

Sovrindorlar bilan tanishing:

Kattalar:

Kumush medal - Nikita Svetkov (Chiqarib yuborish)
Kumush medal- Margarita Misyurina (Ochko to‘plash)
Kumush medal - Olga Zabelinskaya/Nafosat Koziyeva (Medison).

Yoshlar:

Kumush va bronza medal - Alimardon Jamoldinov (Omnium va ochko to‘plash dasturlarida)
Bronza medal - Samira Ismoilova (Omnium).

Quvonarlisi, ayollar o'rtasidagi medison guruh poygasida kumush medalni qo'lga kiritgan Zabelinskaya hamda Koziyeva juftligi delegatsiyamizga Parij-2024 Olimpiya litsenziyasi yo'lida 540 reyting ochkosini taqdim etdi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga