UZREPORT TV UFC 261 musobaqasi translyatsiya huquqini xarid qildi

Shu yilning 25-aprel kuni  AQSHning "VyStar Veterans Memorial" arenasida UFC muxlislari o‘rtasida muhokamalarga sabab bo‘layotgan yana bir katta turnir — UFC 261 musobaqasi bo'lib o'tadi. Doimgidek, musobaqa UFCning eng kuchli jangchilarini bir joyga jamlaydi.

UZREPORT TV muxlislarning qiziqishini hisobga olgan holda UFC dan o‘rin olgan bir qator katta musobaqalarni muxlislar e'tiboriga jonli efirda taqdim qilib kelayotganidan xabaringiz bor. An'anaga sodiq qolgan holda,  telekanalimiz UFC 261 turnirining O'zbekiston hududidagi translyatsiyasi huquqini xarid qildi.

Musobaqaning asosiy kardida Kamaru Usman Xorxe Masvidalga qarshi jang olib boradi.

Shuningdek, UFC 261 turniridan Veyli Jang va Rouz Namayunas, Valentina Shevchenko va Jessika Andrade, Yuray Xoll va Kris Vaydman, Entoni Smit va Jim Krutlar o‘rtasidagi janglar ham o‘rin olgan.

Mazkur musobaqaning jonli translyatsiyasi UZREPORT TV telekanalida 25-aprel kuni ertalab Toshkent vaqti bilan soat 06:00da boshlanadi.

UFC 261 musobaqasi 25 va 27-aprel kunlari soat 21:20da takroran efirga uzatiladi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72801 | Инструменты