Huawei 2
Toshkentda V Paraosiyo o‘yinlari o‘tkaziladi

Vazirlar Mahkamasining “Toshkent-2025” yozgi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasining "2025-yilda O‘zbekistonda yoshlar o‘rtasidagi IV yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2020-yil 7-avgustdagi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qabul qilindi.

Hujjat bilan “Toshkent-2025” yozgi IV Osiyo va V Paraosiyo o‘yinlarini yuqori saviyada o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Xususan, dastur bilan Osiyo paralimpiya qo‘mitasi vakillarini O‘zbekistonga tashrifi va ularni O‘yinlarni o‘tkazish obyektlari bilan tanishtirish nazarda tutilmoqda.

Shuningdek: 

- IV yozgi Osiyo va V Paraosiyo o‘yinlarini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi;

- O‘yinlarni o‘tkazish bo‘yicha boshqaruv kengashi tarkibi;

- O‘yinlarni o‘tkazish bo‘yicha direksiya mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida Nizom tasdiqlanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga