Huawei 1
Tennis: Nigina Abduraimova g‘alaba qozondi

Sloveniyada Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan ayollar o‘rtasida xalqaro turnir o‘tkazilmoqda va unda hamyurtimiz Nigina Abduraimova ishtirok etmoqda.

Yakkalik bahslarining ilk davrasida Nigina germaniyalik Karolina Kulga qarshi kortga chiqdi. Unda tennischimiz ilk setda 6:4, ikkinchi setda esa 6:1 hisobida zafar quchdi va ikkinchi davraga yo‘l oldi. 

Endi mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Nigina Abduraimova chorak finalga chiqish uchun turkiyalik Ayla Aksuga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Shuni taʼkidlab o‘tish lozimki, N.Abduraimova so‘nggi marotaba joriy yilning 5 mart kuni ushbu mamlakatda o‘yin o‘tkazgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga