2026 yilning ilk oyida 22 mingdan ortiq yengil avtomobil ishlab chiqarildi

Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2026 yilning yanvar oyida turli rusumdagi 22 099 dona yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,5 ming donaga oshgan.

Ular rusumlar bo‘yicha quyidagicha:

Cobalt – 6 993 dona;

Damas – 3 628 dona;

KIA – 2 298 dona;

Onix – 1 974 dona;

Tracker – 1 900 dona;

BYD – 1 352 dona;

Haval – 1 135 dona;

Chery – 757 dona;

Maxsus yengil avtomobillar – 2 062 dona.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30317 | Инструменты