Qatarda bo'lib o'tadigan JCh-2022 g'olibi qancha pul olishi ma'lum bo'ldi

Futbol bo‘yicha jahon chempionati 20-noyabr kuni boshlanadi. 22-jahon chempionatida 32 ta jamoa ishtirok etadi. Braziliya hozirda beshta chempionlik unvoniga ega bo'lgan turnir rekordini egallab turibdi, keyingi o’rinlarda - Italiya va Germaniya, ular to'rttadan chempionlik unvoniga ega. Urugvay, Argentina va amaldagi chempion Fransiya ikki marta, Angliya va Ispaniya bir martadan zafar quchgan.

Bu yil jamoalar ushbu turnirda muvaffaqiyat qozonsa, qancha daromad olishini FIFA ma’lum qildi.

Jahon chempionati g‘oliblari 38 million yevroga, ikkinchi o‘rin egalari esa 27,27 million yevroga ega bo’lishadi. Eslatib o‘tamiz, xuddi shunday miqdorni Rossiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionati finalchilari ham to‘rt yil avval olgandi.

Uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni egallagan jamoalar mos ravishda 24,45 million yevro va 22,64 million yevro ishlab oladi. Chorak finalda chiqib ketgan jamoalar 15,4 million yevro, 1/8 finaldan o‘rin olgan jamoalar esa 11,7 million yevro oladi.

Izohlar: 2
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72602 | Инструменты