Joriy yil 21-sentyabr kuni prezidentning “Nufuzli xalqaro shaxmat musobaqalari g‘oliblari va sovrindorlari hamda ularning trenerlarini munosib rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qaror bilan xalqaro nufuzli shaxmat musobaqalarining g‘olib va sovrindorlari bo‘lgan shaxmatchilar hamda ularning trenerlariga beriladigan 1 martalik pul mukofotlari miqdorini oshirish belgilandi.
Qaror bilan tasdiqlangan yuqoridagi summalar avvalgisiga qaraganda 100 baravar ko'paygan. Shunda shaxmatchilar va ularning trenerlari yangi hisob bo'yicha quyidagicha summada pul olishadi.
Butunjahon shaxmat olimpiadasi va paralimpiasi (kattalar o'rtasida) uchun:
- Oltin medal uchun bazaviy hisoblash miqdorining - 2 yuz ming baravari (hozirgi kunda 440 000 so'm) 88 mlrd so'm, trenerga 22 mlrd so'm. Bu qarordan avval shaxmatchilar shunday musobaqalarda oltin medal uchun 880 mln, trenerlari esa 440 mln so'm olishgan;
- Kumush medal uchun BHM ning 100 ming baravari - 44 mlrd so'm, trenerga esa 11 mlrd so'm. Avval shaxmatchilar 440 mln so'm, trenerlari 220 mln so'm olishgan;
- Bronza medali uchun BMH ning 50 ming baravari - 22 mlrd so'm, trenerga esa 5,5 mlrd so'm beriladi. Avval shaxmatchilar 220 mln so'm, trenerlari 110 mln so'm olishgan.
Butunjahon shaxmat olimpiadasi va paralimpiasi (yoshlar o'rtasida) uchun:
- Oltin medal uchun bazaviy hisoblash miqdorining - 20 ming baravari 8,8 mlrd so'm, trener esa 2,2 mlrd so'm oladi;
- Kumush medal uchun shaxmatchi 4,4 mlrd so'm, trener 2,75 mlrd so'm oladi;
- Bronza medali uchun shaxmatchi 2,2 mlrd so'm, trener 1,3 mlrd so'm oladi.
Xalqaro Shaxmat Federatsiyasi tasnifiga ko'ra jahon miqyosidagi musobaqalar uchun:
- Oltin medal uchun BMHning 15 ming baravari - 6,6 mlrd shaxmatchiga, trenerga esa 3,08 mlrd so'm to'lanadi. Bu qarordan avval shaxmatchilar shunday musobaqalarda oltin medal uchun 132 mln, trenerlari esa 66 mln so'm olishgan.
- Kumush medal uchun shaxmatchi 3,3 mlrd so'm, trener 1,65 mlrd so'm oladi. Avval shaxmatchilar 66 mln so'm, trenerlari 33 mln so'm olishgan;
- Bronza medali uchun shaxmatchi 1,65 mlrd so'm, trener 770 mln so'm oladi. Avval shaxmatchilar 33 mln so'm, trenerlari 16,5 mln so'm olishgan.
Xalqaro Shaxmat Federatsiyasi tasnifiga ko'ra Osiyo miqyosidagi musobaqalar:
- Oltin medal uchun BMHning 10 ming baravari - 4,4 mlrd so'm shaxmatchiga, 3,08 mlrd trenerga topshiriladi (bungacha BHMning 70 baravari – 30 mln 800 ming so‘m edi);
- Kumush medal uchun BMHning 5 ming baravari - 2,2 mlrd so'm shaxmatchiga, 1,1 mlrd trenerga topshiriladi (bungacha BHMning 35 baravari – 15 mln 400 ming so‘m edi);
- Bronza medal uchun BMHning 2,5 ming baravari - 1,1 mlrd so'm shaxmatchiga, 550 mln so'm trenerga topshiriladi (bungacha BHMning 17,5 baravari – 7 mln 700 ming so‘m edi).
Xalqaro grossmeyster sport unvonini olgan taqdirda 2,2 mlrd so'mdan shaxmatchiga ham trenerga ham beriladi (bungacha BHMning 100 baravari – 44 mln so‘m edi).