Huawei 2
Ot sporti: Oʻzbekiston chempionatida Alyona Derevyanko, Feruza Abdullayeva, Inna Tokmakova oltin medallarni qoʻlga kiritishdi

12-14-aprel kunlari ot yoʻrttirish boʻyicha Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtdi. 

“Universal Horses Stable” majmuasi mezbonlik qilgan musobaqada poytaxtimizning sara chavandozlari gʻoliblik uchun kurash olib borishdi.

Uch kun davom etgan qiziqarli bahslarda Alyona Derevyanko, Feruza Abdullayeva, Inna Tokmakova oʻz yoʻnalishlarida oltin medallarni qoʻlga kiritishdi. 

Eslatib oʻtamiz, 6-8-aprel kunlari mamlakat birinchiligi doirasida konkur boʻyicha gʻolib va sovrindorlar aniqlab olingan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga