O‘zbekiston qishki Olimpiadada 2 nafar sportchi bilan qatnashadi

6-22 fevral kunlalri Italiyaning Milan va Kortina-d‘Ampesso shaharlarida o‘tkaziladigan qishki Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekiston 2 nafar sportchi bilan qatnashadi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Medet Nazarov tog‘ chang‘isining slalom va gigant-slalom, Daniil Yeybog esa short-trekning 500 metr masofaga yugurish musobaqasida O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.

Aslida, qo‘lga kiritilgan yo‘llanmalar soni 4 ta edi: Dmitriy Chigirev va Yekaterina Geynish figurali uchishning juftlik yo‘nalishida saralashdan o‘tgan edi. Lekin Chigirev tayyorgarlik jarayonida jarohat olib, Olimpiadagacha tiklana olmadi.

Mustaqil O‘zbekiston bayrog‘i ostida sportchilar 1994 yildan beri barcha qishki olimpiada o‘yinlarida ishtirok etmoqda. Eng ko‘p vakil aynan shu yili Norvegiyaning Lillehammer shahridagi o‘yinlarda qayd etilgan – 7 nafar. Shuningdek, O‘zbekiston qishki olimpiadalardagi yagona medalini ham shu yili qo‘lga kiritgan – Lina Cheryazova chang‘ida fristayl sport turida oltin medal.

4 yil oldin Pekinda o‘tkazilgan qishki Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekiston bir nafar sportchi bilan qatnashgan edi – Komiljon To‘xtayev tog‘-chang‘i sport turida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20222 | Инструменты