Huawei 1
Leons Eder Xalqaro Universitet sporti federatsiyasiga rahbar etib saylandi

Shveysariyaning Jeneva shahrida o‘tgan Xalqaro Universitet sporti federatsiyasi (FISU) Bosh Assambleyasi 38-sessiyasida Leons Eder tashkilot prezidenti etib saylandi.

Asli shveysariyalik mutaxassis to‘rt yil mobaynida FISU rahbari sifatida faoliyat ko‘rsatadi.

Yig‘ilishda o‘ziga bildirilgan ishonch uchun minnatdorlik bildirgan Leons Eder federatsiyaning 75 yillik yubileyi yaqinlashayotganini qayd etib, universitet sportini rivojlantirish borasida qilinishi kerak bo‘lgan muhim ishlar bisyorligini ta’kidladi.Anjuman davomida qishki Turin-2025 va yozgi Reyn-Rur-2025 Jahon Universiada o‘yinlari, Chuncheon-2027 va Shimoliy Karolina-2029 Universidasi masalalari ham muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Xalqaro Universitet sporti federatsiyasi (FISU) Bosh Assambleyasi 38-sessiyasida O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi raisi Jasur Akramov ishtirok etdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72715 | Инструменты