Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida hovlisida 511 tup giyohvandlik o‘simligi ekkan 85 yoshli shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor profilaktika tadbirlari davomida Kattaqo‘rg‘on tuman Ichki ishlar bo‘limi tezkor qidiruv xizmati jinoyat qidiruv bo‘limi hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan olingan tezkor ma’lumotni tekshirish jarayonida Kattaqo‘rg‘on tumani “Moybuloq” MFYda yashovchi 85 yoshli fuqaroning yashash uyi ko‘zdan kechirilganda taxminan og‘irligi 500 gramm bo‘lgan quritilgan holdagi giyohvandlik moddalari saqlab kelingani aniqlangan.
Bundan tashqari, fuqaroning tomorqasida jami 511 tup giyohvandlik o‘simligi ekilib, parvarishlanib kelingani ham ma’lum bo‘lgan. Holat hodisalar ishtirokida hujjatlashtirib olingan. Hozirda to‘plangan hujjatlar yuzasidan tuman Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51017 | Инструменты