Endi Butunjahon shaxmat olimpiadasi chempionlariga $200 mingdan beriladi

Joriy yil 21-sentyabr kuni prezidentning “Nufuzli xalqaro shaxmat musobaqalari g‘oliblari va sovrindorlari hamda ularning trenerlarini munosib rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan xalqaro nufuzli shaxmat musobaqalarining g‘olib va sovrindorlari bo‘lgan shaxmatchilar hamda ularning trenerlariga beriladigan 1 martalik pul mukofotlari miqdorini oshirish belgilandi.

Qaror bilan shaxmatchilar va ularning trenerlari yangi hisob bo'yicha quyidagicha summada pul olishadi:

Butunjahon shaxmat olimpiadasi va paralimpiasi (kattalar o'rtasida) uchun:

  • Oltin medal uchun $200 ming, trenerga $50 ming. Bu qarordan avval shaxmatchilar shunday musobaqalarda oltin medal uchun 880 mln, trenerlari esa 440 mln so'm olishgan;
  • Kumush medal uchun $100 ming, trenerga esa $25 ming. Avval shaxmatchilar 440 mln so'm, trenerlari 220 mln so'm olishgan;
  • Bronza medali uchun $50 ming, trenerga esa $12,5 ming beriladi. Avval shaxmatchilar 220 mln so'm, trenerlari 110 mln so'm olishgan.

Butunjahon shaxmat olimpiadasi va paralimpiasi (yoshlar o'rtasida) uchun:

  • Oltin medal uchun $20 ming, trener esa $5 ming oladi;
  • Kumush medal uchun shaxmatchi $10 ming, trener $2,5 ming oladi;
  • Bronza medali uchun shaxmatchi $5 ming, trener $1250 oladi.

Xalqaro Shaxmat Federatsiyasi tasnifiga ko'ra jahon miqyosidagi musobaqalar uchun:

  • Oltin medal uchun $15 ming shaxmatchiga, trenerga esa $7 ming to'lanadi. Bu qarordan avval shaxmatchilar shunday musobaqalarda oltin medal uchun 132 mln, trenerlari esa 66 mln so'm olishgan.
  • Kumush medal uchun shaxmatchi $7,5 ming, trener $3 ming oladi. Avval shaxmatchilar 66 mln so'm, trenerlari 33 mln so'm olishgan;
  • Bronza medali uchun shaxmatchi $3750, trener $1750 oladi. Avval shaxmatchilar 33 mln so'm, trenerlari 16,5 mln so'm olishgan.

Xalqaro Shaxmat Federatsiyasi tasnifiga ko'ra Osiyo miqyosidagi musobaqalar:

  • Oltin medal uchun $10 ming shaxmatchiga, $5 ming trenerga topshiriladi (bungacha BHMning 70 baravari – 30 mln 800 ming so‘m edi);
  • Kumush $5 ming shaxmatchiga, 2,5 ming trenerga topshiriladi (bungacha BHMning 35 baravari – 15 mln 400 ming so‘m edi);
  • Bronza medal uchun $2,5 ming shaxmatchiga, $1250 trenerga topshiriladi (bungacha BHMning 17,5 baravari – 7 mln 700 ming so‘m edi).

Xalqaro grossmeyster sport unvonini olgan taqdirda $5 ming shaxmatchiga ham trenerga ham beriladi (bungacha BHMning 100 baravari – 44 mln so‘m edi).

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 93020 | Инструменты