Badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda o‘tayotgan Jahon kubogining uchinchi bosqichida ilk medallariga sazovor bo‘ldi.
Musobaqa doirasida birinchi medallar jamlanmasi yakkalik yo’nalishining ko’pkurash dasturida o’ynaldi.
Unnda hamyurtimiz Taxmina Ikromova kumush medalni qo’lga kiritdi.
Shuningdek, guruh mashqining 3 tasma va 2 ta to‘p dasturida qizlarimiz bronza medallari bilan taqdirlanishdi.
Yakkalik, ko’pkurash
Sofiya Rafaeli (Italiya) - 131.85 ball
Taxmina Ikromova (O’zbekiston) - 126.25
Margarita Kolosov (Germaniya) - 125.20
Jamoaviy (3 tasmva va 2 to’p)
Xitoy – 63.50
Germaniya - 57.70
O’zbekiston - 57.30
Alpha version: 0.9.1.19 build 50909 | Инструменты