20–25-oktabr kunlari Para shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkaziladi

20–25-oktabr kunlari Toshkent shahridagi Xalqaro shaxmat akademiyasida imkoniyati cheklangan erkak va ayol shaxmatchilar o‘rtasida Para shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi. Bu haqda shaxmat federatsiyasi xabar berdi.

Musobaqa FIDE qoidalari asosida, shveysarcha tizimda 9 turdan iborat bo'ladi. Ochilish marosimi 21-oktabr kuni soat 09:30 da, 1-tur esa 10:00 da boshlanadi.

Ishtirok etishni istagan shaxmatchilar 18-oktabr soat 16:00 ga qadar o‘z viloyati shaxmat federatsiyasi ijrochi direktoriga murojaat qilishlari mumkin.

Eslatib o'tamiz, 15–20-oktabr kunlari 50 yoshdan oshgan shaxmatchilar orasida ham O‘zbekiston chempionati o‘tkaziladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102004 | Инструменты