Yo'llarda "baliq yomg'iri": Ozarbayjonda noodatiy yo‘l-transport hodisasi yuz berdi

Ozarbayjonning Mehdiobod aholi punktida juda noodatiy yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Baliq olib ketayotgan avtomobilning orqa eshigi ochilib ketishi natijasida baliqlar yo‘lga sochilib ketdi.

Hodisa natijasida katta miqdorda baliqlar yoʻl boʻlagiga tushib qolgan. 

Yo‘lda harakatlanish qiyin bo‘lib, katta tirbandlik yuzaga keldi. 

Mazkur holatda jabrlanganlar yo‘q. Yo‘lga sochilib ketgan baliqlarning asosiy qismi nobud bo‘lmasdan yig‘ishtirib olindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72405 | Инструменты