Huawei 1
Sirdaryoda dalaga 77 kg giyohvandlik vositasini yashirganlar ushlandi

Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida jami og‘irligi 77 kilogram 410 gramm giyohvandlik vositasini yashirganlar qo‘lga tushdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbiri davomida Ichki ishlar vazirligi tezkor qidiruv departamenti tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona qo‘mitasi bilan hamkorlikda Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida 1971 yilda tug‘ilgan Lutfullo va 1994 yilda tug‘ilgan Begzod ismli shaxslar Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanidan o‘tgan M-34 yo‘li chetida dala maydonidagi yashirilgan joydan 3 dona qora sumkaga joylangan giyohvandlik vositalarini olayotgan vaqtida ushlangan.

Tadbir davomida juda katta miqdordagi – jami og‘irligi 77 kilogramm 410 gramm giyohvandlik moddalari olingan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa qolish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.

Navbatdagi holatda ham Ichki ishlar vazirligi tezkor qidiruv departamenti tomonidan DXX va Bojxona qo‘mitasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda katta miqdordagi giyohvandlik vositalarining tarqalishining oldi olingan. Xususan, Namangan viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1989 yilda tug‘ilgan Rahim, Xurshid va 1990 yilda tug‘ilgan Ahmad ismli shaxslar Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida yashirilgan joyidan katta miqdordagi – 5 kilogramm giyohvandlik vositalarini olayotgan vaqtida ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa qolish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.

Navbatdagi holatda Ichki ishlar vazirligi tezkor qidiruv departamenti tomonidan DXX bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1998 yilda tug‘ilgan Timofey va 1994 yilda tug‘ilgan Sunnat ismli shaxslar Andijon viloyati Paxtabod tumanida “Bekmahalla” MFY hududidagi dala maydoniga yashirish yo‘li bilan ko‘mib qo‘yilgan 5 kilogramm sintetik giyohvandlik vositalarini olayotgan vaqtida ushlangan. Tezkor tadbir davom ettirilib, gumonlanuvchilarning yashash manzili ham xolislar bilan ko‘zdan kechirilganda, umumiy og‘irligi 364 gramm giyohvandlik vositalari grammlarga ajratib sotish uchun ishlatiladigan paketlar, noutbuklar daliliy ashyo sifatida olingan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa qolish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.

Ichki ishlar vazirligi tezkor qidiruv departamenti va hamkor organlar bilan o‘tkazilgan mazkur tezkor tadbirlar natijasida jami 87 kilogramm 774 gramm giyohvandlik vositasi, shundan 5 kilogramm 364 gramm sintetik giyohvandlik moddasi, 26 kilogram 410 gramm opiy, 56 kilogramm “gashish” moddalari tashkil qilib, bahosi 35 milliard 500 million so‘mlik giyohvandlik vositalarining tarqalishi oldi olingan. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50922 | Инструменты