Huawei 1
Zelenskiy Mersga: Ukraina Germaniyaning qo‘llab-quvvatloviga umid qilmoqda

8 may, payshanba kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Germaniyaning yangi kansleri Fridrix Mers bilan telefon orqali gaplashdi. «Germaniya federal kansleri bilan yaxshi va batafsil suhbat», — deb yozdi Zelenskiy X ijtimoiy tarmog‘ida.

«Biz Germaniya Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda – hozir xalqimizni himoya qilishda ham, urush tugaganidan keyin ham mamlakatni tiklashda muhim rol o‘ynashda davom etishini kutamiz», — dedi Ukraina rahbari. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina va Germaniya «sheriklik uchun katta salohiyatga ega» va «ko‘p muhim narsalarni» amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga allaqachon erishilgan.

«Kansler Ukrainani so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi. Buni eshitish muhim edi. Men minnatdorman», deb yozdi Zelenskiy. Shuningdek, u Berlin va Kiyev «munosib tinchlikka erishish» uchun hamkorlikni davom ettirishini qo‘shimcha qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50922 | Инструменты