Oilaviy poliklinika xodimlari bilan muloqot davomida yong’in sodir bo‘lgan holatda birinchi ko‘riladigan choralar haqida ma’lumot berildi.

Tibbiyot birlashmasi xodimlariga uy-joylarda isitish tarmoqlari va vositalaridan foydalanishda ehtiyot choralarini ko‘rish, qo‘lbola isitish vositalarini qo‘llamaslik zarurligi tushuntirildi.

Yashnobod tumani Yong’in xavfsizligi bo‘limi boshlig’i Jamoliddin Muhammedov: Yashnobod tumanida shu yilning o‘tgan 9 oyi davomida 159 ta yong’in kuzatildi. Bu o‘tgan yilgiga nisbatan 2 taga ko‘p. Ushbu holatlarda 4 nafar inson jarohat olgan. 3 nafar shaxs esa vafot etgan. Hozirda shu yilning may oyidan beri muntazam davlat idoralari va tashkilotlarida profilaktika tadbirlarini olib borayapmiz.

Tadbirda potranaj hamshiralarining xonadonlarga tashrifi chog’ida aholi bilan tegishli yo‘nalishda suhbatlar olib borish bilan birga yong’in xavfsizligi qoidalari bo‘yicha ham tushunchalar berishi lozimligi kelishib olindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50909 | Инструменты