Toshkent viloyati, Yangiyo‘l shahrida go‘shtini yeyish uchun itini o‘ldirgan fuqaro ushlandi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB xabar berdi.
Qayd qilinishicha, hodisa haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqalgach, IIBB tomonidan o‘rganilgan. Holat 2025 yil sentyabr oyida Yangiyo‘l shahri “Sabo” mahallasida yashovchi, 27 yoshli fuqaro tomonidan sodir etilgani aniqlangan.
Taʼkidlanishicha, u ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlangan. Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 111-moddasi bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatilishcha, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish, ularning o‘limiga yoxud mayib bo‘lishiga olib kelsa — BHM o‘n baravarigacha miqdorda jarima yoki o‘n besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa sabab bo‘ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11003 | Инструменты