Huawei 1
Yangi xalqaro aeroport uchun O‘rtachirchiq va Quyichirchiq tumanlaridan yer ajratiladi

Yangi xalqaro aeroport qurilishi uchun Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq hamda Quyichirchiq tumanlaridan jami 1309,76 gektar yer maydoni ajratilishi rejalashtirilmoqda.

Bu haqda Toshkent viloyati Kadastr boshqarmasi maʼlumot qildi.

Qayd etilishicha, ajratilgan yerdan:

  • sug‘oriladigan yerlar -1075,45 gektar;

  • bog‘lar — 112,69 gektar;

  • yaylov va pichanzorlar — 0,65 gektar;

  • boshqa yerlar — 120,97 gektar.

O‘rtachirchiq tumanidan jami 790,76 gektar.

Shundan:

  • sug‘oriladigan yerlar — 609,95 gektar;

  • bog‘lar — 112,63 gektar;

  • yaylov va pichanzorlar — 0,65 gektar;

  • boshqa yerlar — 67,53 gektar.

Quyichirchiq tumanidan jami 519 gektar.

Shundan:

  • sug‘oriladigan yerlar — 465,5 gektar;

  • bog‘lar — 0,06 gektar;

  • boshqa yerlar — 53,44 gektar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90502 | Инструменты