“Yangi avlod” maktabgacha taʼlim tashkilotlarida o‘yinga asoslangan taʼlim-tarbiya jarayonlari amalga oshiriladi

“Maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Prezident Farmoni (PF–19-son, 05.02.2026 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 1 yillik maktabga tayyorlov guruhlarining taʼlim dasturi majburiy umumiy o‘rta taʼlimning dastlabki bosqichi sifatida kiritiladi.

Maktabgacha taʼlim tizimida bolalarni tarbiyalash, rivojlantirish va ularga taʼlim berishni ijobiy munosabatlar orqali amalga oshirish maqsadida o‘yinga asoslangan taʼlim joriy etiladi.

Maktabgacha taʼlim va tarbiya tizimini yangi sifat bosqichiga olib chiqishga qaratilgan va Bolalarni rivojlantirish innovatsion markazini o‘z ichiga olgan “Yangi avlod” maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmog‘i tashkil etiladi.

1 yillik maktabga tayyorlov guruhlarining taʼlim dasturlari maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumiy o‘rta taʼlim maktablari va boshqa ijtimoiy soha obyektlarida to‘liq yoki qisqa muddatli guruhlarda amalga oshiriladi.

Maktabgacha va umumiy o‘rta taʼlim xizmatlarini ko‘rsatuvchi nodavlat taʼlim tashkilotlariga 1 yillik maktabga tayyorlov guruhlarini tashkil etishga ruxsat beriladi.

Farmonga ko‘ra, 2027/2028 o‘quv yilidan:

- maktabga tayyorlov guruhlarida taʼlim jarayonlari oliy maʼlumotli pedagoglar, shuningdek, oliy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchi bosqich talabalari tomonidan olib boriladi;

- maktabga tayyorlov guruhlarida taʼlim-tarbiya olgan bolalarga 1 yillik maktabga tayyorlovdan o‘tganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi elektron sertifikat beriladi hamda ushbu maʼlumotlar umumiy o‘rta taʼlim to‘g‘risidagi shahodatnomada qayd etiladi.

“Yangi avlod” maktabgacha taʼlim tashkilotlari:

2026–2028 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida bittadan tashkil etiladi;

- davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti sifatida faoliyat olib boradi hamda ilg‘or xorijiy tajribalar asosida o‘yinga asoslangan taʼlim va tarbiya jarayonlarini amalga oshiradi;

Bolalarni rivojlantirish innovatsion markazlarida:

- bolalarning yoshi va rivojlanish bosqichlariga mos ravishda ijod va sanʼat, fan va matematika, jismoniy faollik va sarguzasht, til va tasavvur hamda robototexnika va ilk algoritmlash yo‘nalishlarida tematik o‘yingohlar tashkil etiladi;

- simulyatsion vaziyatlar orqali bolalarda kasblarga qiziqish uyg‘otish, ekologik madaniyatni shakllantirish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha taʼlim-tarbiya jarayoni amalga oshiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20722 | Инструменты